Dzudo: o‘zbekistonlik sportchilar Lins Gran-prisida kumush va bronza medaliga ega chiqishdi

Avstriyaning Lins shahrida bo‘lib o‘tayotgan dzudo bo‘yicha Gran-pri turnirining ikkinchi kuni ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 9-mart — Sputnik. Avstriyada o‘tayotgan Lins Gran-prisining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Avstriyaning Lins shahrida bo‘lib o‘tayotgan dzudo bo‘yicha Gran-pri turnirining ikkinchi kuni ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.
Unda sportchilar 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
G‘oliblar:
Kumush medal: -81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev;
Bronza medal: -73 kg: Mardon Ravshanov.
Eslatib o‘tamiz, 7-9 mart kunlari Avstriyaning Lins shahrida dzudo bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi. Unda 7 nafar o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik dzudochi Laziza Haydarova Lins Gran-prisi sovrindori bo‘ldi