TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Kursk viloyatining Viktorovka, Nikolayevka va Staraya Sorochina qishloqlarini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Shimoliy” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari hujum harakatlari davomida Viktorovka, Nikolayevka va Staraya Sorochina aholi punktlarini ozod qildi”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, harbiylar 13 ta aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 12 ta brigadasi va ikkita hujum polkini mag‘lub etdi.
Dushman yo‘qotishlari:
180 dan ortiq harbiy xizmatchilar;
ikkitadan piyoda jangovar mashina va bronetransportor;
yettita zirhli jangovar mashina;
13 ta avtomobil;
ikkita Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar quroli;
to‘rtta dala artilleriyasi quroli va uchta minomot;
uchta dron boshqaruv punkti va o‘q-dorilar ombori.
Mudofaa vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Kursk viloyatidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari umumiy hisobda 65 580 nafargacha harbiy xizmatchi va 386 ta tank yo‘qotgan.