TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy forumi Dastur qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishni qo‘mita raisi, YeIK raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich o‘tkazdi.
U forumning asosiy tashkiliy jihatlari va mezbon davlatning infratuzilma imkoniyatlari haqida gapirdi. Forum joriy yilning may oyida Minsk shahrida bo‘lib o‘tadi.
Dastur qo‘mitasi yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari vakolatli organlari vakillarining forum arxitekturasining konsepsiyasi va tuzilishi, forum arxitekturasining asosiy yetti bloki panel sessiyalari va davra suhbatlari mavzulari va mazmuni bo‘yicha takliflari muhokama qilindi. Bu tayyorgarlik bosqichidagi asosiy masalalardan biridir. Keyinchalik arxitektura asosida biznes dasturi shakllantiriladi.
Ittifoq mamlakatlari va Komissiya vakillari – Qo‘mita a’zolari navbatdagi yig‘ilishda kelib tushgan mulohazalar va takliflarni hisobga olgan holda forum arxitekturasini tasdiqlashga kelishib oldilar.