TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Laziza Haydarova Lins Gran-prisi sovrindori bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Kecha Avstriyaning Lins shahrida dzudo bo‘yicha Gran-pri turniri start oldi. -48 kg vazn toifasida kurashgan Laziza Haydarova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
18 yoshli Haydarova uchinchi o‘rin uchun kechgan 11 daqiqalik bahsda niderlandiyalik Amber Gersesdan ustun keldi.
Shu tariqa, Laziza kattalar toifasidagi yirik turnirlarda ilk medaliga ega chiqdi.