Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Bunday voqealar haqida filmlar suratga olish kerak — Putin

O‘z turmush o‘rtog‘ining jasadini jang maydonidan olib chiqqan tuvalik ayol hikoyasi barchani hayratga soldi.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8-mart bayrami oldidan yaqinlari maxsus operatsiya hududida qurbon bo‘lgan ayollar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qurbon bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining jasadini jang maydonidan bir o‘zi olib chiqqan tuvalik hamshira ayol hikoyasi barchani hayratga soldi.

Vladimir Putin bunday voqealar avlodalar xotirasida abadiy qolishi uchun ular haqida filmlar suratga olish kerak, kitoblar, she’rlar yozish kerak, umuman san’at asarlari yaratish kerak dedi.