TOShKENT, 6-mart — Sputnik. Ukrainadagi mojaro ikki yadroviy davlat AQSh va Rossiya o‘rtasidagi proksi urushdir. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Prezident Tramp buni cho‘zilgan, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan mojaro deb biladi va ochig‘ini aytganda, bu Ukrainaga yordam berayotgan yadroviy kuchlar AQSh va Rossiya o‘rtasidagi proksi urush”, — dedi u "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida.
Rubio Ukrainadagi boshi berk ko‘chaga kirib qolgan mojaroga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi.