TOShKENT, 6-mart — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal veritelnie gramoti u vnov naznachennix inostrannix poslov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagi elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi:
Misr Arab Respublikasidan Tamer Fatxi;
Italiya Respublikasidan Pergabriyel Papadia de Bottini;
Qirg‘iz Respublikasidan Duyshonqul Chotonov;
Belarus Respublikasidan Aleksandr Ogorodnikov;
Gruziyadan David Kotariya;
Turkiya Respublikasidan Ufuk Ulutash.
Prezident o‘z so‘zida umumiy siyosiy iroda tufayli Markaziy Osiyo yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va integratsiya mintaqasiga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal veritelnie gramoti u vnov naznachennix inostrannix poslov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston yetakchisi yangi tayinlangan elchilarga sharafli va mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Sheriklikni mustahkamlash uchun mavjud barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi, hududlar va xususiy biznes vakillari bilan faol hamkorlik qilishni tavsiya qildi.
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal veritelnie gramoti u vnov naznachennix inostrannix poslov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘z navbatida, diplomatlar samimiy qabul va samarali faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni faol ilgari surish yo‘lida o‘zlarining butun professional tajribasi va bilimidan foydalanishga tayyor ekanini aytishdi.