O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda “aqlli” transport tizimlarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda

Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumanda YeOIIda “aqlli” transport tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Sputnik
TOShKENT, 6-mart — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Aqlli” transport tizimlari va raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.
Tadbirda transport-logistika komplekini raqamli o‘tish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, shuningdek, “aqlli” transport tizimlarining xalqaro savdoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi asosiy mavzular bo‘ldi.
Arzibek Kojoshev o‘z so‘zida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da bunday tizimlarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.
“Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi tufayli tovarlarning transport harakatida deyarli to‘liq shaffoflikni ta’minlash, yuk tashishda prognozlilikni oshirish va xatarlarni kamaytirish, transport va logistika xarajatlarini kamaytirish, shuningdek xalqaro savdoni rag‘batlantirish tufayli avtomatlashtirish vositalari tobora ommalashib bormoqda”, — dedi Kojoshev.
YeOII vazirining xabar berishicha, Komissiya YeOII doirasida “aqlli” transport tizimlarini rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, u transport infratuzilmasiga yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonini faollashtirishga qaratilgan intellektual transport tizimlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish Konsepsiyasi haqida gapirdi.
O‘zbekiston va YeOII
Kuba YeOII bozoriga yangi dori vositalari bilan kirmoqchi