O‘zbekiston va YeOII

Qozog‘iston neft mahsulotlarini YeOII hududidan tashqariga olib chiqishni taqiqladi

Cheklov ayrim turdagi neft mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Sputnik
TOShKENT, 5-mart — Sputnik. Qozog‘iston neft mahsulotlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bojxona hududidan tashqariga olib chiqishni taqiqladi, deb yozmoqda Sputnik Qozog‘iston tegishli hujjatga tayanib.
Qayd etilishicha, mamlakatning Energetika vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi e’lon qilgan qo‘shma buyrug‘ida taqiqlash muddati – 2025-yil 15-martdan 30-iyungacha etib ko‘rsatilgan.
Cheklov quyidagi turdagi neft mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladi:
engil distillyatlar;
aviatsiya kerosini:
dizel yoqilg‘isi;
gazoyl;
toluol;
ksilol;
neft bitumi.
Shu bilan birga, 2025-yil fevral oyida mamlakat Energetika vazirligi olti oyga, shu jumladan, YeOIIga a’zo davlatlarga neft mahsulotlarini eksport qilishni taqiqladi.
O‘zbekiston va YeOII
Qozog‘iston temir yo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishni taqiqladi