O‘zbekistonda yil boshidan beri 17 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi

Mujchina s dokumentami
Yanvar oyida 239 ming, fevral oyida 480 ming aholi daromadli mehnatga jalb qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 5-mart — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash, investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yanvar oyida 239 ming, fevral oyida 480 ming aholi daromadli mehnatga jalb qilindi.
Dolojeno ob obespechenii zanyatosti naseleniya, pokazatelyax investitsiy i eksporta
Dolojeno ob obespechenii zanyatosti naseleniya, pokazatelyax investitsiy i eksporta
“Yil boshidan kichik va o‘rta biznesga jami 14 trillion so‘m kredit yo‘naltirildi. Jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 2 trillion so‘m ajratildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, odamlarga daromad topish imkoniyatlari, tayyor biznes loyihalari tanishtirilib, ularni amalga oshirish yo‘llari o‘rgatilmoqda. Ishli bo‘lganlar soliq qo‘mitasida tasdiqlanmoqda.
“Aholi bandligini ta’minlashda Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida hamda O‘zmilliybank, Asakabank, Mikrokreditbank va Biznesni rivojlantirish banki loyihalarida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Lekin Sirdaryo viloyati, 24 ta tuman va shaharda natijalar yuqori emas. Shu bois vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 30 nafar rahbarga nisbatan choralar ko‘rilgan”, — deya qayd etilgan xabarda.
Dolojeno ob obespechenii zanyatosti naseleniya, pokazatelyax investitsiy i eksporta
Dolojeno ob obespechenii zanyatosti naseleniya, pokazatelyax investitsiy i eksporta
Hozirgi bahor mavsumida tomorqa va ijara yerlarda to‘liq ekin ekish, buni online-mahalla.uz platformasi orqali kuzatib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Yil boshidan beri 6 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.
Qiymati 574 million dollarlik 1 ming 100 ta o‘rta va kichik loyiha bajarilib, 17 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.
2,8 milliard dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilindi.
Zargarlik mahsulotlari eksporti o‘tgan yilga nisbatan 7 barobar, kimoda 1,7 marta, elektrotexnika va oziq-ovqatda 1,2 barobar, turizm xizmatlari 1,6 barobar o‘sgan.
132 ta korxonada xalqaro standartlar joriy qilingan.
521 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqib, birgina fevral oyida qo‘shimcha 183 million dollar eksport qilgan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangan Dilmurod Qosimov tanishtirildi. Aytilishicha, u tadbirkorlar va investorlarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasi sohasidagi nazorat uchun mas’ul bo‘ladi.
Dolojeno ob obespechenii zanyatosti naseleniya, pokazatelyax investitsiy i eksporta
Endilikda prokuratura idoralari bu borada qulay huquqiy muhit yaratishda muhim o‘rin tutadi.