O‘zbekiston paxta, bug‘doy, uzum va meva navlarini ko‘paytirmoqchi

V Uzbekistane zemli posle sbora urojaya videlyayut nujdayushimsya v sospodderjke
Yuqori Chirchiqda Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilik yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid taqdimotda ma’lum qilindi.
Aytilishicha, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha 14 ta ilmiy institut, 55 ta urug‘chilik xo‘jaligi bo‘lgani bilan, yangi nav va agrotexnologiya masalasida oqsoqlik bor. Dehqonlar mahalliy urug‘dan manfaat ko‘rmagani uchun chet elnikini ekayapti.
Shuning uchun, Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 200 million dollar sarmoya kiritilib, paxta, bug‘doy, sholi, makka, uzum va meva navlari ko‘paytiriladi.
"Urug‘ olishdan boshlab, uni zamonaviy texnika va dronlar yordamida ekish, dorilash, yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha namunaviy hudud tashkil qilinadi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sohada malakali kadrlarni tayyorlash masadida bu yil 200 nafar yoshlar Italiyadagi bir qator oliygohlarga yuboriladi.
Qolaversa, Toshkent davlat agrar hamda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetlari, Farg‘ona oziq-ovqat institutida talabalarni Yaponiyaga yuborish uchun yapon tili markazlari tashkil etilmoqda.
Frukti i ovoshi
Novosibirskda O‘zbekiston mahsulotlari savdo bozori ochildi — tafsilotlar