Oliy Majlis Qonunchilik palatasi o‘z majlislarida surdo tarjimondan foydalanishni boshladi

Zapreshayetsya privatizatsiya botanicheskix sadov i ix zemel
Matbuot xizmati: eshitish imkoniyati cheklanganlar ham, mamlakatda yuz berayotgan muhim jarayonlardan xabardor bo‘lish huquqiga ega.
Sputnik
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisda surdo tarjimondan foydalanish boshlandi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.
Ma’lumki, Qonunchilik palatasining yalpi majlislari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Qayd etilishicha, endilikda majlisda surdo tarjimondan foydalanish boshlandi.
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Mazkur tashabbus eshitish imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun katta imkoniyat yaratadi. Shuningdek, jamiyatning barcha qatlamlari uchun teng huquq va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

“Har bir inson, jumladan, eshitish imkoniyati cheklanganlar ham, mamlakatda yuz berayotgan muhim jarayonlardan xabardor bo‘lish huquqiga ega”, — deyilgan xabarda.

Bugun Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlis kun tartibiga 5 ta qonun loyihasi kiritilgan.
"Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi haqida;
"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish hamda ijro ishi yuritish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi haqida;
"Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi haqida;
"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qonun loyihasi to‘g‘risida;
"Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi haqida.
Surdo tarjima — bu eshitish qobiliyati zaif odamlar uchun nutqni imo-ishora tiliga tarjima qilish jarayonidir. Tarjimaning bu turi eshitish imkoniyati cheklangan kishilarga hamma bilan teng ravishda axborot olish imkonini beradi.
Endi qonun loyihalariga taklif bergan fuqaro muhokamalarda shaxsan ishtirok etishi mumkin