TOShKENT, 4-mart — Sputnik. Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deya xabar berdi O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi.
Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qayd etilishicha, tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan.
Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 10-majlisi ikki davlat hukumatlari a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.