AQShning Rossiyaga nisbatan siyosati o‘zgardi — OAV

Flagi Rossii i SShA na mostu Monblan v Jeneve
OAV: Tramp bir oy ichida AQShning Rossiyaga nisbatan tashqi siyosatini qayta tuzdi.
Sputnik
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. Bir oy ichida AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika tashqi siyosatini hayratlanarli tarzda qayta qurishni amalga oshirdi, Kiyev bilan yaqin ittifoqidan amalda voz kechdi va Moskvaga yaqinlashdi. Bu fikrni NBS muxbiri Deniel Arkin bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"G‘ayrioddiy burilish Rossiyaga nisbatan o‘nlab yillar davomida olib borilgan shafqatsiz tashqi siyosatni to‘xtatdi, bu esa bo‘linib borayotgan mamlakatda ikki partiyaviy konsensusning noyob maydonini ta’minladi", — dedi u.
Trampning so‘nggi harakatlari xalqaro e’tiborni o‘ziga tortdi, AQShning Yevropadagi ittifoqchilarini xavotirga soldi va Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishni yoqlovchi konservatorlarni quvontirdi.
Yangi pozitsiya juma kuni Oval kabinetda Amerika rahbari va Kiyev rejimi rahbari o‘rtasidagi keskin uchrashuv chog‘ida aniq bo‘ldi.
“So‘nggi haftalarda Amerika rasmiylari bir qator siyosat o‘zgarishlarini amalga oshirdi, bu esa Rossiyaga nisbatan muloyimroq pozitsiyadan dalolat beradi”, — dedi muxbir.
Juma kuni Vashingtonda Tramp, AQSh vitse-prezidenti Vens va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va bu ommaviy munozaraga aylandi. Zelenskiy bahslashishga urindi va suhbatdoshlarining so‘zlarini doimiy ravishda bo‘lib, Ukraina Rossiya bilan yolg‘iz kurashayotganini ta’kidladi. Xorij OAV xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti mojaro natijasida Kiyev rejimi rahbarini tom ma’noda xaydab yuborgan.
Zelenskiyda diplomatik mahorat yo‘q — Dmitriy Peskov
Na pervom plane kupola Xrama Vasiliya Blajennogo na Krasnoy ploshadi v Moskve.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kreml AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish shartini aytdi