Toshkentda “Barhayot siymolar: Navoiy, Bobur, Behzod” ko‘rgazmasi ochildi

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyida “Barhayot siymolar: Navoiy, Bobur, Behzod” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda muzey va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fondlaridan olingan miniatura va tasviriy san’at durdonalari namoyish etilmoqda.
Sputnik
1 / 18
2 / 18

Navoiyning "Saddi Iskandariy" asariga ishlangan illyustratsiya. 1988-yil. Bahodir Jalolov (1948 yil tug‘ilgan). Qog‘oz, qalam.

3 / 18

Alisher Navoiy. "Mahbub ul-qulub". /Toshbosma 1. Farida Grigoran shaxsiy kolleksiyasidan. "Mahbub ul-kulub" Alisher Navoi, Litografiya.

4 / 18

"Alisher Navoiy Hirotda". 1986-yil. Qutlug Basharov (1925-2004). Linogravura.

5 / 18
6 / 18

"Xamsanavislar", 2009-2016 yillar. Niyozali Xolmatov (1947-2020). Mato, tempera.

7 / 18

"Alisher Navoiy hayoti". 1967-yil. Aleksandr Vizel (1942-2024). Linogravura.

8 / 18
9 / 18

Navoiy antologiyasiga ishlangan illyustratsiya. 1986-yil. Anvar Mamajonov (1950 yil tug‘ilgan). Ofort.

10 / 18

Navoiyning "Hayrat ul-abror" asariga ishlangan illyustratsiya. 1988-yil. Bahodir Jalolov (1948 yil tug‘ilgan). Qog‘oz, qalam.

11 / 18

"Zaxiriddin Muhammad Bobur". 2009-yil. Niyozali Xolmatov (1947-2020). Mato, tempera.

12 / 18

Navoiyning "Layli va Majnun" asariga ishlangan illyustratsiya. 1988-yil. Bahodir Jalolov (1948 yil tug‘ilgan). Qog‘oz, qalam.

13 / 18

"Mavlono Amir Navoiy"./Toshbosma/ Farida Grigoran shaxsiy kolleksiyasidan.

14 / 18
15 / 18

Navoiyning "Mahbub ul-Qulub" asariga ishlangan illyustratsiya. 1981-yil. Viktor Apuxtin (1952 yil tug‘ilgan). Ofort.

16 / 18

"Behzod", 1985-yil To‘lagan Tojixo‘jayev (1952-2023). Marmar, granit.

17 / 18

Navoiyning "Mahbub ul-Qulub" asariga ishlangan illustratsiya. 1981-yil. Viktor Apuxtin (1952 yil tug‘ilgan). Ofort.

18 / 18

"Alisher Navoiy". Sharq she’riyati asosida. 1991-yil. Yorqin Axunov (1937-1993). Aralash texnika.

Sharq san’ati muzeyida tarix va ijod uyg‘unligi

Sharq madaniyati va san’atining uch buyuk siymosi – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Kamoliddin Behzod asrlar davomida jahon merosining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Mazkur ko‘rgazmada ularning ijodi O‘zbekiston rassom va haykaltaroshlarining asarlari orqali talqin etilgan.

Alisher Navoiy – ma’naviyat va ilhom timsoli

Alisher Navoiy – buyuk shoir, davlat arbobi va ma’rifatparvar bo‘lib, u o‘zbek adabiy tilining asoschisi, san’at va fan homiysi sifatida tarixga muhrlangan. Uning ijodi ko‘plab rassomlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan.
Ko‘rgazmada Aleksandr Vizelning “Alisher Navoiy hayoti” linogravurasi, Qutlug‘ Basharovning “Shukuhli karvon” illyustratsiyalari hamda Ilhom Jabborovning bronza haykali e’tiborni tortadi. Shuningdek, Bahodir Jalolov va Anvar Mamajonovning grafik ishlari Navoiyning “Layli va Majnun” hamda “Hayrat ul-abror” kabi asarlari motivlarida yaratilgan. Yosh miniaturachi Saida Jalilovaning “Lison ut-tayr” turkumi esa Navoiyning falsafiy qarashlarini tasviriy san’at tilida aks ettirgan.

Bobur – shoir va sarkarda

Zahiriddin Muhammad Bobur – adabiyot va tarixda chuqur iz qoldirgan shoir, olim va sarkarda. Uning ijodi, xususan, “Boburnoma” Sharq adabiyoti va ilm-fanining noyob namunalaridan biri hisoblanadi. Boburning siymosi rassomlar tomonidan turli janrlarda talqin etilgan bo‘lib, Niyozali Xolmatovning “Kamoliddin Behzod” asari shoirning tarixiy qiyofasini o‘zida aks ettiradi.

Behzod – miniatura san’atining betakror namoyondasi

Kamoliddin Behzod – Sharq miniaturasining buyuk ustasi bo‘lib, u o‘zining nafis va jonli tasvirlari bilan san’at ixlosmandlarini hayratga solib kelmoqda. Ko‘rgazmada uning Rossiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan miniaturalarining nusxalari ham namoyish etilmoqda. Shuningdek, To‘lagan Tojixo‘jayevning marmar haykali Behzodning san’at olamidagi buyuk o‘rnini yodga soladi.

San’at va tarix uyg‘unligi

Ko‘rgazmada Yu.Strelnikov, A.Siglinsev, L.Rabsev, M.Kagarov kabi rassomlarning grafik ishlari hamda A.Boymatovning haykaltaroshlik asari namoyish etilmoqda. Bundan tashqari, mahorat darslari ham tashkil etilib, san’at ixlosmandlariga grafik va miniatura san’ati sir-asrorlari o‘rgatiladi.
Navoiy, Bobur va Behzodning merosi asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaydi. Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi esa ushbu boy madaniy merosni saqlash va targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.