Katta dubulg‘a: O‘zbekiston medal jamg‘arish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi

Toshkentda dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-mart — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining “Katta dubulg‘a” musobaqalarida medal jamg‘arish bo‘yicha rekordi yangilandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Toshkentda dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga yetdi. Uch kun davom etgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.
V Tashkente zavershilsya turnir “Bolshogo shlema” po dzudo.
Qayd etilishicha, ushbu natija evaziga dzudochilar umumjamoa hisobida Yaponiya va Xitoy termalaridan keyin uchinchi o‘rinni egallashdi.
V Tashkente zavershilsya turnir “Bolshogo shlema” po dzudo.
“12 ta medal bilan termamiz “Katta dubulg‘a” turnirlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi”, — deyiladi xabarda.
V Tashkente zavershilsya turnir “Bolshogo shlema” po dzudo.
G‘oliblar:
Oltin medal: -90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov;
Kumush medal: -66 kg: Zamaxshari Bekmurodov, 81 kg: Arslon Tojiyev, -70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva.
Bronza medal: -90 kg: Nurbek Murtazoyev, -100 kg: Ernazar Sarsenbayev, +100 kg: Alisher Yusupov, -73 kg: Shahram Ahadov, -60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov, -60 kg: Anvarjon Ibrohimov, -66 kg: Muhriddin Tilovov, -66 kg: Artom Shturbabin.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni “Yunusobod sport majmuasi”da dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.