TOShKENT, 2 mart — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turnirining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta medalga ega chiqishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
“Tatamiga ko‘tarilgan dzudochilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi”, — deyiladi xabarda.
Kumush medal: -81 kg: Arslon Tojiyev, -70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva;
Bronza medal: -73 kg: Shahram Ahadov.
Eslatib o‘tamiz, “Katta dubulg‘a” turnirining birinchi kungi bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun, “Yunusobod sport majmuasi”da dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” musobaqasining tantanali ochilish marosimi 28-fevral kuni tashkil etildi.