TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Kecha, 28-fevral kuni “Yunusobod sport majmuasi”da dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” musobaqasining tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Tadbirda Xalqaro dzudo federatsiyasi, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, minglab dzudo muxlislari va sport jamoatchiligi ishtirok etishdi.
UFC yulduzi Islom Maxachev faxriy mehmonlardan biri bo‘ldi. Rasmiylar marosimda turnir tashkilotchiligi yuqori saviyada yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tilashdi.
“Katta dubulg‘a” turnirining birinchi kungi bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Birinchi kungi bahslardan so‘ng O‘zbekiston vakillari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda ketmoqda.
Kumush medal:
-66 kg: Zamaxshari Bekmurodov.
Bronza medal:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov;
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov;
-66 kg: Muhriddin Tilovov;
-66 kg: Artom Shturbabin.