TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Rossiya harbiylari DXRning Skudnoe qishlog‘i va Burlaskoe posolkasini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Sharq” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari faol hujum harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Skudnoe va Burlaskoe aholi punktlarini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
O‘tgan haftada Rossiya Qurolli kuchlari Novoselka va Novoocheretovatoe aholi punktlarini ozod qildi. Yangi hududlarni integratsiyalashuvi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogovning xabar berishicha, qo‘shinlar Vremevskiy yo‘nalishida plasdarmni kengaytirishda davom etmoqda.
Bundan tashqari, “Sharq” jangchilari DXRdagi Zeloniy Gay, Poddubnoe, Iskra va Dnepropetrovsk viloyatining Yanvarskoe aholi punktlari hududida Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta brigadasini mag‘lub etishdi.