“Biz avvalroq o‘z pozitsiyamizni bildirgan edik. Biz jazolovchi organ emas, balki tartibga soluvchi organmiz va qonuniy biznesda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga, shuningdek, ular biz bilan bog‘lanishsa, bozorga rasman kirishiga yordam berishga tayyormiz. Biroq, hali "Temu" tomonidan bunday so‘rov bo‘lmagan, faqat kichik o‘zgarishlar bo‘lgan”, — dedi matbuot anjumanida ILMA elektron tijorat bo‘limi boshlig‘i Kamronbek Muhammadiyev.
“Siz "Temu" orqali buyurtma oldingiz, lekin mahsulot boshqa yoki nuqsonli bo‘lib chiqdi. Agar kompaniyaning O‘zbekistonda vakolatxonasi bo‘lmasa, qayerga murojaat qilasiz? Yagona variant – dasturdagi qo‘llab-quvvatlash xizmati, biroq ular sizning shikoyatingizni ko‘rib chiqadimi yoki yo‘qmi, noma’lum”, — deya qo‘shimcha qildi u.