TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik sablyachi Fernanda Errera qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Kuvaytda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Fernanda Errera - chempionka Azii!
© NOK Uzbekistana
“Sablyachi qizlar o‘rtasidagi bahslarda yurtdoshimiz Fernanda Errera oltin medalga ega chiqdi”, — deyiladi xabarda.
Errera musobaqa davomida Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Singapur va Xitoy vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Fernanda Errera - chempionka Azii!
© NOK Uzbekistana
Shuningdek, terma jamoa a’zolari Gulistan Perdebayeva, Ayako‘z Jumamuratova hamda Samira Shokirova kuchli o‘nlikdan joy olgan.
Bugun jamoaviy dasturdagi bahslar boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sablya bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Musa Aymuratov oltin medalni, Islambek Abdazov esa bronza medalni qo‘lga kiritdi. Osiyo chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida esa o‘zbekistonlik sablyachilar jamoaviy dasturda 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.