Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “C5+” formati: Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtirish istiqbollari” mavzusida “Ostona-Moskva-Bishkek-Toshkent” videoko‘prigi o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining siyosatshunoslik kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori E’tibor Sultanovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya xalq diplomatiyasi markazlari faol hamkorlik qilmoqda.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar haqida gapirganda, bizning ildizlarimiz umumiy ekaniga aminman. Biz birga rivojlandik va fashizmga qarshi kurashdik. Frontga yordam beradigan asosiy zavod va fabrikalar aynan O‘zbekistonda to‘plangan edi”, — deya ta’kidladi u.
Uning ta’kidlashicha, dunyodagi qiyinchiliklarga qaramay, bugun birlashish kerak.
Bundan tashqari, ma’ruzachi o‘z nutqida Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash ekanini ta’kidladi.
“ShHT xalqaro maydonda ishonchga asoslangan yangicha yondashuvni shakllantirishga yordam beradigan kam sonli yosh tashkilotlardan biridi”, — deya qo‘shimcha qildi u.