O‘zbekiston va YeOII

Erkin savdo kelishuvi Eron bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi — YeIK

Eronda III “Yevroosiyo” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Erkin savdo kelishuvi Eron bilan iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov Tehrondagi III xalqaro “Yevroosiyo” ko‘rgazmasining ochilish marosimida ma’lum qildi.
Tadbirda Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Atabak ishtirok etdi.
Yevraziyskaya vistavka v Tegerane
YeIK vaziri ta’kidlaganidek, yangi imkoniyatlarni amalga oshirish uchun davlatlararo darajada va ishbilarmon doiralar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim.
“Shuning uchun biz ushbu tadbirga alohida ahamiyat bermoqdamiz va biznes hamjamiyatidan kelib chiqadigan barcha savollarga tezkorlik bilan javob berishga tayyormiz. Eronlik hamkasblarimiz bilan birgalikda biz YeOII va Eron ishbilarmon doiralari yangi keng ko‘lamli Bitim yaratgan afzalliklardan maksimal darajada foydalanishlari uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etamiz”, — dedi Andrey Slepnyov.
Tomonlar birgalikda ko‘rgazma pavilonlariga tashrif buyurishdi.
Tashrifi doirasda Muhammad Atabak bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi, unda bitimni amalga oshirish bo‘yicha zarur qadamlar atroflicha muhokama qilindi va o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Yo‘l xaritasi chegara bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, sanoat kooperatsiyasi, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, sanitariya va fitosanitariyani tartibga solish sohasidagi hamkorlik, elektron tijorat kabi istiqbolli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishi mumkinligiga ishonaman”, — dedi YeIK vaziri.
“Yo‘l xaritasi” Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Eron o‘rtasida to‘laqonli erkin savdo bitimi faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalarni ko‘rib chiqish uchun institutsional platforma sifatida tashkil etilgan qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishiga qadar, shuningdek, Eronga YeOIIda yaqinda berilgan kuzatuvchi maqomini amalga oshirish kontekstida tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun shakllantirilishi kerak.
Andrey Slepnyov qo‘shma qo‘mita birinchi yig‘ilishini Eron tomoni kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etishni rejalashtirayotgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining bo‘lajak yig‘ilishlaridan biri doirasida o‘tkazishni taklif qildi.
Ko‘rgazma doirasida Tehron Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan YeIK delegatsiyasining Eron ishbilarmon doiralari bilan keng ko‘lamli uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda YeOII davlatlaridan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston va YeOII
Endi YeOIIdagi ishbilarmonlar Eron bilan hamkorlikni rivojlantirishi mumkin — YeIK