TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘tgan yili Qirg‘iziston asosan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari va O‘zbekistonga 1,1 ming tonnadan ortiq kolbasa eksport qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Qirg‘izistonda kolbasa ishlab chiqarish qariyb bir yarim baravar oshgan. 2023-yilda mamlakatda ushbu mahsulotning 12,6 ming tonnasi, o‘tgan yili esa 23,4 ming tonnasi ishlab chiqarilgan.
“2024 yilda Qirg‘iziston Respublikasi, asosan, Qozog‘iston, Rossiya (YeOII davlatlari) va O‘zbekistonga 1,1 ming tonnadan ortiq kolbasa eksport qildi”, — deyiladi xabarda.
Hozirda mamlakatda go‘sht va kolbasa ishlab chiqaruvchilarning davlat reyestriga kiritilgan 38 ta korxona mavjud. Ulardan 25 tasi YeOII hududida o‘z mahsulotlarini sotishga ruxsat berilgan korxonalar reyestrida mavjud.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 12 355 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.