TOShKENT, 23 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha kelishuvga shu haftadayoq erishish mumkinligiga ishonchi komil. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Prezident va uning jamoasi ushbu mojaroga barham berish uchun har ikki tomon bilan muzokaralar olib borishga e’tibor qaratmoqda va u shu haftaning boshida bunga erisha olishimizga juda ishonadi", — dedi u.
Ma’muriyat vakili Vashington faol diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirayotganini, Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolts shu hafta oxirida kelishuvga erishish va mojaroga chek qo‘yish uchun tunu-kun ishlashiga qo‘shimcha qildi.
Levittning so‘zlariga ko‘ra, Tramp tinchlik va qotillik to‘xtatilishi va begunoh odamlar o‘lishini to‘xtatishga intilmoqda.
"Bu uning hozirda asosiy maqsadi", — dedi u.
Rossiya va AQSh prezidentlarining ehtimoliy uchrashuvi haqidagi savolga javob berar ekan, u hozircha hech narsani e’lon qila olmasligi yoki aniqlik kirita olmasligini aytdi, biroq Oq uy har ikki tomon bilan muzokaralarni davom ettirayotganini ta’kidladi.