TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Rossiya harbiylari LXRning Novolyubovka qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“G‘arb” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida Lugansk Xalq Respublikasining Novolyubovka aholi punkti ozod qilindi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, guruh jangchilari Xarkov viloyati va DXRdagi oltita Ukraina brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga, shuningdek, Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligiga zarba bergan.
Ukraina Qurolli kuchlari 200 dan ortiq harbiy xizmatchi, tank, M113 bronetransportori, beshta avtomobil va beshta dala artilleriya quroli, uchta radioelektron kurash stansiyasi va o‘q-dorilar omborini yo‘qotgan.
O‘tgan sutkada aviatsiya, hujumchi dronlar, raketa kuchlari va artilleriya harbiy aerodromlarga, dronlar saqlanadigan va ularning operatorlari o‘qitiladigan joylarga, Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar va yoqilg‘i omborlariga hamda 157 ta hududda dushman qo‘shinlarini vaqtincha joylashtirish punktlariga zarba berdi.