DXX raisi Bahodir Qurbonov O‘FA prezidenti lavozimiga saylandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi. Bu haqda assotsiatsiya axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga assotsiatsiya a’zolari tomonidan kelib tushgan nomzodlar Saylov qo‘mitasi a’zolari ishtirokida assotsiatsiya Saylov kodeksi va Ustaviga asosan muvofiqlik tekshiruvidan o‘tkazildi.
Baxodir Kurbanov izbran prezidentom Assotsiatsii futbola Uzbekistana
Assotsiatsiya Ustavining 30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Nizomovich Qurbonov nomzodi ilgari surildi. Assotsiatsiya Ustavi va Saylov kodeksiga asosan Bahodir Nizomovich Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.
Bahodir Qurbonov o‘tgan yilning noyabr oyida DXX raisi lavozimini egallagandi.
Bahodir Qurbonov DXX raisi bo‘ldi