O‘zbekiston va Primorye o‘lkasi turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqchi

O‘zbekiston delegatsiyasi Primorye o‘lkasi gubernatori bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Vladivostokda turizm va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vladivostokda Primorye o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemako bilan muzokaralar o‘tkazdi.

"Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyati, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish va hududlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Vladivostokda “Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili” doirasida bo‘lib o‘tgan xokkey o‘yinida O‘zbekiston delegatsiyasi respublikaning turizm salohiyatini namoyish etdi.
O‘zbekistonga kelayotgan rossiyalik sayyohlar soni oshdi