TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzoladi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa sanoati vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Mudofaa sanoati agentligi direktori Mansurjon Ibodullayev Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan IDEX-2025 xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi doirasida Ozarbayjon Mudofaa sanoati vaziri Vugar Mustafoyev bilan uchrashdi.
“Mudofaa sanoati vazirligi tasarrufidagi “Azersilax” mudofaa sanoati xoldingi” yopiq aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi”, — deyiladi xabarda.

Podpisana Dorojnaya karta po sotrudnichestvu mejdu Azerbaydjanom i Uzbekistanom v sfere oboronnoy promishlennosti
© Ministerstvo oboronnoy promishlennosti Azerbaydjana
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.