Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Yevropa Ittifoqi Ukraina bo‘yicha muzokaralarni “gazetalardan” kuzatmoqda — Orban

Orban: Yevropa Ittifoqi Ukraina bo‘yicha muzokaralarni endi gazetalardan kuzatib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning ma’lum qilishicha, Yevropa davlatlari Ukraina bo‘yicha muzokaralar natijalarini “gazetalardan” bilib olishlariga to‘g‘ri kelmoqda.
“Ayniqsa, biz, yevropaliklar, hozir bu haqda (Rossiya va AQShning Ukraina bo‘yicha muzokaralari — tahr.) gazetalardan bilishga urinayotganimiz juda achinarli. Chunki biz bu lahzani o‘tkazib yubordik, Yevropaning yirik davlatlari rahbarlari bu masalada tashabbuskor bo‘lishlari mumkin bo‘lgan paytni o‘tkazib yuborishdi... Ular urush tarafida qolib ketishdi, garchi biz ularni so‘nggi uch yildan beri tinchlik siyosatini olib borishga undagan bo‘lsak-da, ular buni qilmadi. Endi esa biz boshqa yirik global muammolarga qarab, hatto biz uchun eng muhim masalalar ham bizsiz qanday hal qilinayotganini tashqaridan kuzatishimiz mumkin bo‘ladi”, — dedi Orban Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Vengriya bosh vaziri Ukrainada tinchlik faqat Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng o‘rnatilishi mumkinligini, Yevropa Minsk kelishuvlari bajarilishini ta’minlay olmagani uchun vositachilik imkoniyatini boy berganini bir necha bor ta’kidlagan.
Tramp Ukrainani Putinga emas, Yevropaga beradi
Yevropa Ukraina bo‘yicha har qanday muzokaralarda ishtirok etishi kerak — Germaniya TIV