TOShKENT, 17 fev — Sputnik. “Shimol” harbiy guruhi bo‘linmalari Kursk viloyatidagi Sverdlikovoni ozod qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Shimol kuchlar guruhi bo‘linmalari hujum amaliyotlari davomida Sverdlikovo aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Mudofaa vazirligi, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari bir kun ichida Ukraina Qurolli kuchlarining uchta hujumini qaytarganini qo‘shimcha qildi.
So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Kursk viloyati hududidagi harbiy amaliyotlar davrida Ukraina Qurolli kuchlari 61310 nafardan ortiq harbiy xizmatchi va 369 ta tankni yo‘qotgan.