TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Endi qonun loyihalariga taklif bergan fuqaro muhokamalarda shaxsan ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati rahbari G‘ulomjon Samadov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Sizning fikringiz – biz uchun muhim: takliflar endi muntazam ravishda mas’ul qo‘mitalar tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘zingiz qatnashing: har bir taklif muhokamasida muallifning ishtiroki ta’minlanadi”, — deb yozadi matbuot kotibi.
Samadovning qo‘shimcha qilishicha, asosli va samarali takliflar uchun rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.