O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshishi haqidagi xabarlar rad etildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi: ish haqi, pensiya va nafaqalarning 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar berdi O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 1-martdan ish haqi, pensiya va nafaqalar 10 foizga oshishi haqida xabarlar tarqalgandi.

“Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz. Ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, vazirlik ishonchli manbalarga tayanish va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi.
MDH davlatlaridagi o‘rtacha ish haqi qancha?