TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Isroil urushdan keyin HAMAS yoki Falastin milliy ma’muriyatining G‘azo sektorini boshqarishiga ruxsat bermaydi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Men va’da qilganimdek, G‘azodagi urushning ertasiga ham HAMAS ham, Falastin ma’muriyati ham bo‘lmaydi. Men AQSh prezidenti Donald Trampning yana bir G‘azo yaratish rejasiga sodiqman”, — dedi u.