Xitoyga rekord darajadagi import bojlari joriy qildim — Tramp

Tramp: Hech bir boshqa prezident bunchalik miqdorda boj kiritmagan.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga umumiy qiymati 600 milliard dollarlik import bojlari joriy qilganini ma’lum qildi, bu boshqa Amerika yetakchilari davridagidan ko‘proq.
“Men Xitoyga 600 milliard dollarlik juda muhim bojlar kiritdim. Hech bir boshqa prezident bunchalik miqdorda boj kiritmagan”, - dedi u Oq uyda jurnalistlarga.
Payshanba kuni Xitoy Savdo vazirligi Vashingtonning xatti-harakatlari “bir tomonlama va proteksionizmning odatiy ko‘rinishi” ekanligini aytdi. Shuningdek, AQShni ko‘p tomonlama savdo tizimining to‘g‘ri yo‘liga qaytishga va “nol summa o‘yini” mentalitetidan voz kechishga chaqirdi.
Tramp BRIKS davlatlaridan dollarni almashtirish niyatidan voz kechishni talab qildi