Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya bir kechada Ukrainaning 40 ta dronini yo‘q qildi

Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 40 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini tutib oldi va yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kechada 40 ta dronni urib tushirdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“O‘tgan kecha davomida navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 40 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini tutib oldi va yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Ulardan:
17 ta dron - Volgograd viloyati hududida;
12 ta dron - Kaluga viloyati hududida;
9 ta dron - Rostov viloyati hududida;
2 ta dron - Saratov viloyati hududida.
Ukraina Qurolli kuchlari deyarli har kuni dronlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi obyektlarga hujum qilishga urinmoqda. Havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman dronlarini muvaffaqiyatli tutib olmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina droni tinch aholiga hujum qildi — video