TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Joriy yilning 4-6 aprel kunlari Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ilk bor Orol madaniyat sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabariga ko‘ra, ushbu sammit har 18 oyda bir marotaba o‘tkaziladi.
Sammit Qoraqalpog‘istonning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan ekologik, ijtimoiy va madaniy yechimlarni topish uchun mahalliy va xalqaro faollar, rassom va olimlarni birlashtiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sammit Orolbo‘yi mintaqasini san’at, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirishga qaratilgan.