O‘zbekiston Pokistonga asal eksport qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Pokiston asalarichilik sohasida hamkorlik boshlamoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston asal va asalarichilik mahsulotlarini Pokistonga eksport qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Savdo-sanoat palatasi va “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi Pokistonning “Adam Tradi” va “Marhaba” asal mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini ko‘zdan kechirishdi.
Uzbekistan planiruyet nachat postavki meda v Pakistan
Tashrif doirasida asal mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralarda O‘zbekistonda asal mahsulotlarining yetarli zaxirasi mavjudligi va uni eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Birinchi bosqichda 5 tonna, keyinchalik esa bosqichma bosqich 20 tonnadan asal va asalarichilik mahsulotlarini Pokistonga eksport qilish masalalari ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.

Uzbekistan planiruyet nachat postavki meda v Pakistan
O‘zbekiston delegatsiyasi korxonalarning ishlab chiqarish korxonalari va laboratoriyalarida bo‘lib, jarayonlarni yaqindan kuzatishdi