O‘zbekistonlik taekvondochilar BAAda bo‘lib o‘tayotgan musobaqada 9 ta medalga ega chiqishdi

BAAning Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha G2 tasnifidagi musobaqa o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. BAAda bo‘lib o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha G2 tasnifidagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
BAAning Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha G2 tasnifidagi musobaqa o‘tkazilmoqda.

“Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

G‘oliblar:
Oltin medal: +73 kg: Svetlana Osipova , -80 kg: Jasur Jaysunov;
Kumush medal: -74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev;
Bronza medal: -46 kg: Madina Shoniyozova, -46 kg: Zuhra Tojimatova, -49 kg: Laylo Hasanova, -57 kg: Shabbona Abduvaliyeva, -67 kg: Ozoda Sobirjonova, -74 kg: Yodgorbek Jo‘raboyev.