TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Kiyev Boltiq dengizida xorijiy kemani portlatish uchun Ukrainada mavjud Rossiyada ishlab chiqarilgan dengiz minalaridan foydalanish niyatida. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Tashqi razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina maxsus xizmatlari G‘arb davlatlari ko‘magida yaqin kelajakda Rossiyaga qarshi shov-shuvli bir qator provokatsiyalarni amalga oshirishga hozirlik ko‘rmoqda. Xususan, Boltiq dengizida xorijiy kemani portlatish uchun Ukraina ixtiyoridagi Rossiyada ishlab chiqarilgan dengiz minalaridan foydalanish.
“Kiyevning maqsadi alyansni (NATO – tahr.) Rossiya Federatsiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli mojaroga tortish”, — deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Kiyev Yevropa razvedka xizmatlari bilan birgalikda Rossiyaning tizimsiz muxolifat vakillari va qonundan qochib, xorijda yashayotgan tadbirkorlarga hujumlar tayyorlamoqda.
Ular ijrochilar sifatida Osiyo va Yaqin Sharq davlatlaridan odamlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bunday aksiyalarda ishtirok etish uchun ular 20 ming dollargacha taklif qilishadi. Jinoyatchi hibsga olingan taqdirda, ayb Rossiya maxsus xizmatlari zimmasiga yuklanishi sharti hisoblanadi, deyiladi xabardi.