TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Moskva Markaziy Osiyoning migratsiya sohasidagi muammolar bo‘yicha barcha so‘rovlarini ko‘rib chiqmoqda, Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda. Bu haqda RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ma’lum qildi.
“Biz hamkorlarimiz, birinchi navbatda, migrantlarning o‘zlari va Rossiya fuqarolari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan migratsiya sohasini tartibga solish bo‘yicha yondashuvlarimizni tushunishlaridan kelib chiqamiz. Biz, o‘z navbatida, hamkasblarimizdan ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan tushgan barcha murojaatlarni diqqat bilan ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi u.
Moskva Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha “to‘liq tushuntirishlar” berishga harakat qilmoqda, dedi Galuzin.
Fevral oyida Rossiyada mamlakatda noqonuniy bo‘lgan chet elliklar uchun migratsiya rejimi kuchga kirdi, ular nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritiladi, bu esa bir qator cheklovlar va taqiqlarni nazarda tutadi.