TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) biznes vakillarini Tehrondagi “Yevroosiyo” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qiladi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.
Shu yilning Eron Islom Respublikasining Tehron shahridagi Markaziy ko‘rgazmalar majmuasida III “Yevroosiyo” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
“Ko‘rgazma Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, BRIKS va Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yoqilg‘i-energetika, agrosanoat, mashinasozlik, transport-logistika komplekslari, axborot texnologiyalari va turizm sohasidagi hamkorlik samaradorligini oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan”, — deyiladi komissiya xabarida.
Tadbirda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo vaziri Andrey Slepnyov, Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Atabak, shuningdek, boshqa davlat organlari, biznes uyushmalari va birlashmalari rahbarlari, Eron va YeOII mamlakatlari biznes va ekspert hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.
“Eronlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan Ittifoq davlatlarining kompaniya va tashkilotlarini, shuningdek, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillarini tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz”, — deya qayd etilgan xabarda.
Tadbir Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, Eron Sanoat, kon va savdo vazirligi hamda Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda.