Matbuot markazi

Anons: Toshkent metropolitenini rivojlantirish bosqichlari muhokama etiladi

Press-sentr Sputnik Uzbekistan
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazining bu galgi anjumaniga “Toshkent metropoliteni” vakillari taklif etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi 12-fevral, soat 13:00 da navbatdagi matbuot anjumanini o‘tkazadi.
Tadbir “Toshkent metrosi: taraqqiyotning yangi bosqichlari” mavzuyida bo‘lib o‘tadi. Matbuot anjumaniga “Toshkent metropoliteni” vakillari taklif etilgan.
Ishtirokchilar:
“Toshkent metropoliteni” DUK bosh muhandisi Mirhokim Mirhusanov;
“Toshkent metropoliteni” DUK Chilonzor elektr deposi boshlig‘i Rustam Shafikov;
"Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati boshlig‘i To‘ychi Mirzayev.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.