Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Putin bilan gaplashganini ma’lum qildi

OAV: Tramp Putin bilan telefon orqali gaplashganini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashganini ma’lum qildi. Bu haqda Amerikaning New York Post gazetasi Oq uy rahbarining o‘ziga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Prezident Tramp Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilish uchun Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi”, — deyiladi xabarda.

Tramp esa Rossiya prezidenti bilan necha marta bog‘langani haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi. Oq uy rahbari Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha “aniq rejasi” borligini yana bir bor ta’kidladi, biroq bu haqda hech qanday ma’lumot bermadi.
Peskov: Rossiya va AQSh o‘rtasida alohida departamentlar orqali aloqalar faollashdi