TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik para taekvondochilar "Turkish open" xalqaro turnirida 9 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Antaliyada para taekvondo bo‘yicha "Turkish open" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 27 ta mamlakatdan 180 nafar para taekvondochi ishtirok etdi.
“Ushbu musobaqada 12 nafar terma jamoamiz a’zosi qatnashdi va yakunda ularning 9 nafari sovrindorlar safidan joy oldi”, — deyiladi xabarda.
Sovrindorlar:
Oltin: Qudrat Muhammadiyev (-80 kg);
Kumush: Kamola Jo‘rayeva (-57 kg), Qudratjon Haydarov (-63 kg), Javohir Aliqulov (-80 kg), Asadbek Toshtemirov (+80 kg);
Bronza: Karima Meliqo‘ziyeva (-57 kg), Roziya Ergasheva (65 kg), Muhammadsodiq Usmonov (-63 kg), Kudratulla Sunnatov (-70 kg).
Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa G2 tasnifiga kiradi va Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolari taqdim etadi.