TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari chorvachilikda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Chorvachilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari YeOII mamlakatlari sanoat vazirliklari, ilmiy tashkilotlari va biznes vakillari tomonidan YeOII Agrosanoat siyosati departamenti direktori Naira Karapetan raisligida o‘tkazilgan muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishda muhokama qilindi.
Asosiy sohalarga quyidagilar kiradi: chorvachilikni rivojlantirish, shu jumladan Ittifoqning integratsiyalashgan axborot tizimidan foydalanishda ma’lumot almashish bo‘yicha YeOII mamlakatlari va Komissiya tomonidan muvofiqlashtirilgan harakatlar mexanizmini ishlab chiqish.
Shuningdek, sut mahsuldorligidagi qoramollarning referent populyatsiyasini yaratish, statistik ko‘rsatkichlar ro‘yxati va ushbu sohada a’zo davlatlar va YeIK o‘rtasida ma’lumot almashish formatlarini aniqlashtirish, chorvachilik bo‘yicha tajriba almashish maqsadida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish ham shular jumlasidan.
“Ushbu yo‘nalishlarda qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi naslchilik ishlariga innovatsion texnologiyalarni yanada joriy etish bo‘yicha davlatlararo hamkorlik mexanizmlarini optimallashtirish, nasldor qishloq xo‘jaligi hayvonlarining genetik salohiyatini oshirish va Ittifoqqa a’zo davlatlarning naslchilik mahsulotlari savdosini rivojlantirish imkonini beradi”, — dedi Naira Karapetan.