TOShKENT, 9 fev — Sputnik. AQSh va G‘arb davlatlari Ukrainadagi mojaroni ataylab cho‘zmoqda, Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish uchun muvaffaqiyatsiz urinishmoqda. Bu haqda KXDR rahbari Kim Chen In ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti Koreya markaziy axborot agentligiga tayanib.
Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mojarosini qo‘zg‘atgan AQSh “urush mashinasining parda ortida turibdi”, Amerika esa “bir qutbli gegemonlikni o‘rnatish ambitsiyalari” haqida maqtanishda davom etmoqda.
“Kim Chen In Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchrata olamiz, degan aldanish tufayli urushni davom ettirishni (Ukrainada – Tahr.) ataylab rag‘batlantirayotgan Qo‘shma Shtatlar va G‘arb guruhlarining beparvo xatti-harakatlaridan jiddiy xavotir bildirdi”, — deyiladi agentlik xabarida.
KXDR rahbari, shuningdek, Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik shartnomasi doirasida suverenitet, xavfsizlik va hududiy yaxlitlikni himoya qilishda Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.