TOShKENT, 7 fev — Sputnik. AQShga yangi prezident kelgani bilan biz o‘zimizni uning quchog‘iga tashlashga shoshilmayapmiz, Rossiya AQSh bilan "qattiq savdolashishga" tayyor, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov.
“Rossiya “joydagi” voqelikdan va o‘zining tarixiy va geografik asoslangan milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda AQSh bilan “qattiq savdolashish” rejimida muzokaralar olib borishga tayyor”, - dedi vazir o‘rinbosari.
Rossiya prezidenti oldin aytganidek, biz G‘arb bilan teng huquqli hamkorlik qilishga intilgan edik. Lekin bizga quloq solishmadi, ehtimoli buni istashmadi va bizni raqib sifatida yo‘q qilishga va mutlaq kuchsizlantirishga harakat qilishdi.
Lekin Rossiya o‘zini tiklay oldi va dunyo geosiyosatiga yetakchi o‘rinda qaytdi.
Bu, albatta, “Moskvani strategik mag‘lubiyatga uchratmoqchi bo‘lgan” hamda “qoidalarga asoslangan liberal-globalistik dunyo tartibi o‘rnatmoqchi bo‘lgan” J. Bayden ma’muriyatiga ma’qul kelmadi, deb izoh berdi Rabkov o‘z so‘zlariga.
Bu, albatta, “Moskvani strategik mag‘lubiyatga uchratmoqchi bo‘lgan” hamda “qoidalarga asoslangan liberal-globalistik dunyo tartibi o‘rnatmoqchi bo‘lgan” J. Bayden ma’muriyatiga ma’qul kelmadi, deb izoh berdi Rabkov o‘z so‘zlariga.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp inauguratsiyaning ertasi kuni Rossiyaga o‘ziga xos uslubda Rossiya bilan “kelishib olishni” taklif qilgan: “Bu bema’ni urushni darhol to‘xtating, aks holda menda sanksiya kiritishdan boshqa chora qolmaydi!” Shundan so‘ng AQSh prezidenti “Ukrainadagi mojaro oson yoki qiyin yo‘l bilan tugashi muqarrar ekanini, ammo u birinchisini afzal ko‘rishni” ta’kidlagan edi.
Ayni damda Rossiya AQSh tomonidan Rossiya elchisi nomzodining tasdiqlanishini kutmoqda. Bir vaqtning o‘zida Tramp ma’muriyati tomonidan Rossiyada AQShning yangi elchisi nomzodi tayinlanishini ham mumkin. Hozirgi elchi Linn Treysi Bayden ma’muriyati tomonidan tayinlangan.