Migratsiya agentligi 7 ming kishini Rossiyaga ishga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Zaklyucheni kontrakti s krupneyshimi rossiyskimi rabotodatelyami
Kompaniyalarning ishchilarga yaratgan sharoitlari, oylik maoshlari to‘liq o‘rganib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. 7000 nafar O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya kompaniyalariga ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bu haqda Migratsiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Rossiyada faoliyat olib borayotgan 20 taga yaqin yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Zaklyucheni kontrakti s krupneyshimi rossiyskimi rabotodatelyami
Zaklyucheni kontrakti s krupneyshimi rossiyskimi rabotodatelyami
Muloqot tomonlar uchun samarali kechdi. Yakunda “ANT YAPI”, “OZON KOMYUNITI”, “PEK” va “SPAR MIDL VOLGA” kompaniyalari bilan 7000 nafar O‘zbekiston fuqarolarini mazkur kompaniyalarga tashkiliy tarzda ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Zaklyucheni kontrakti s krupneyshimi rossiyskimi rabotodatelyami
Zaklyucheni kontrakti s krupneyshimi rossiyskimi rabotodatelyami
Ta’kidlanishicha, ushbu kompaniyalarning ishchilarga yaratgan sharoitlari, oylik maoshlari to‘liq o‘rganib chiqildi. Fevral oyida hududlarda nomzodlarni saralash tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Rossiyaning Kurgan viloyatidagi zavod o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilmoqchi