TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Amerikalik jurnalist Jekson Hinkl X ijtimoiy tarmog‘ida Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish qayta tiklanayotganini tanqid qildi.
U Davlat departamentining endilikda AQSh hukumat kemalari Panama kanali orqali to‘lovsiz o‘tishi mumkinligi va bu hukumatga yiliga millionlab dollar mablag‘ni tejash imkonini berishi haqidagi xabariga shunday izoh berdi.
“Bugun tom ma’noda Ukrainaga qurol yetkazib berishni tikladingiz. Uchinchi jahon urushi yoqasida turganimizda yiliga millionlab dollarlar kimni qiziqtiradi”, - deb yozdi jurnalist.
Seshanba kuni “Reuters” agentligi manbalariga tayanib, AQSh Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatganini, biroq ular allaqachon tiklanganini ma’lum qildi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida Amerika arsenallaridan bunday transferlar hajmi bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud.
Moskva G‘arb davlatlarini Ukrainaga qurol yetkazib berish hech narsani o‘zgartirmasligi va faqat mojaroni uzaytirishi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, AQSh va NATO bu qarama-qarshilikda nafaqat harbiy vositalarni yuborish, balki kadrlar tayyorlash orqali ham bevosita ishtirok etmoqda.